Biletmax
Reklama

Yordam markazi

Ko'p beriladigan savollarga qisqa javoblar.

Chiptani qanday sotib olaman?

Tadbirni tanlang, seans (sana va vaqt) ni belgilang, zal xaritasidan joy tanlang va to'lovni amalga oshiring. To'lov tasdiqlangach chipta shaxsiy kabinetingizda paydo bo'ladi.

Chiptalarim qayerda?

Shaxsiy kabinetdagi «Chiptalarim» bo'limida. Har bir chiptaning QR kodi bor — tadbirga kirishda shu QR ko'rsatiladi, chop etish shart emas.

Chiptani boshqa odamga bera olamanmi?

Ha. «Chiptalarim» bo'limida chiptani boshqa foydalanuvchiga uning telefon raqami yoki elektron pochtasi orqali yuborishingiz mumkin. U qabul qilgach chipta uning kabinetiga o'tadi, siznikidan esa yo'qoladi.

Promokodni qayerga kiritaman?

Promokod to'lov bosqichida — savat va joy tanlash oynasida kiritiladi. Sizga berilgan promokodlar «Mening promokodlarim» bo'limida ko'rinadi.

Pulni qaytarish mumkinmi?

Qaytarish shartlari har bir tadbir uchun alohida belgilanadi va tadbir sahifasida ko'rsatiladi. Batafsil — «Pul qaytarish siyosati» sahifasida.

Qanday to'lash mumkin?

Click, Payme hamda Visa va Mastercard kartalari orqali.